Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2020   Jamiyat

Rishtonda o‘zbek-tojik «Do‘stlik uyi» qurib bitkazildi


TOShKENT, 4 avgust. /«Dunyo» AA/. Farg‘ona viloyati Rishton tumanida o‘zbek-tojik «Do‘stlik uyi» qurib bitkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bugun viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev mazkur yangi bino bilan tanishdi.

O‘zbek va tojik qadimdan og‘a-ini, qavm-qarindosh. Orzu umidlari hamohang. Ikki xalq do‘stligining eng yorqin ifodasi Alisher Navoiy hazratlari va Abdurahmon Jomiy hazratlari munosabatlarida aks topgan. Bugun ham bir mamlakat, bir makonda yashayotgan o‘zbek va tojiklar panja barmoqlaridek biri biriga quvvat beradi.

Sharqona uslubdagi yog‘och o‘ymakorligining eng go‘zal namunalari bo‘lgan ustun va shiftlar, nafis chizgilar ila jilo berilgan ganch devorlar, osmoniy ranglarni ifodalovchi sopol koshinlar binoga o‘zgacha chiroy bag‘ishlamoqda.

– Bu yer mushoiralar, uchrashuvlar, ma’rifiy suhbatlar o‘tkaziladigan ma’naviyat markaziga aylanishi lozim, – dedi Sh.G‘aniyev. – Mana qarang, katta zal shiftida to‘rt fasl o‘ymakorlik san’ati yog‘och va ranglarda ifodalangan. Demak, o‘zbek va tojik millatlariga mansub yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati ham shu to‘rt fasl charxpalagi kabi boqiydir.

– Biz, Rishton tumanida yashaydigan millati tojik bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga bu kabi alohida imkoniyat va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz, – dedi Tursinxo‘ja ota qo‘lini duoga ochib va qalb tilaklarini izhor qildi.

Shundan so‘ng tadbir Navoiy va Jomiy g‘azallari asosidagi she’rxonlikka ulanib ketdi.

Ishtirokchilar o‘zbek-tojik «Do‘stlik uyi» ikki xalqning ezgu tuyg‘ular uyiga aylanishi ishonch bildirdi.

Mavzuga oid

Davlat test markazi: test sinovlari koro...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi oliy ta’lim mua...

O‘zbekistonda Kitob geologiya milliy tab...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi...

Xitoy ommaviy axborot vositalari O‘zbeki...

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ...

So`nggi yangiliklar