Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Fevral/2020   Buxoro - Islom olami madaniyati poytaxti

Rixiati Salih Najib: Buxoro qadim madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan


TOShKENT, 21 fevral. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida 2020 yilda «Buxoro – Islom olami madaniyati poytaxti», deb e'lon qilingani munosabati bilan mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan madaniy tadbirlarni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Islom hamkorlik tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi – ISESCO vakillari ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Joriy yilning 15 aprel kuni Buxoro shahrida « Buxoro – Islom olami madaniyati poytaxti» tadbirlarining tantanali ochilish marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda 60 dan ortiq mamlakatdan 300 dan ziyod mehmon, shu jumladan, Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar madaniyat vazirlari, YuNESKO, ISESCO, IRCICA va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

– Buxoroga Islom olami madaniyati poytaxti maqomi berilishi munosabati bilan yil davomida qator madaniy, ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan, – dedi madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova. – «Islom dunyosi madaniy merosida O‘zbekistonning tutgan o‘rni», “Imom Buxoriyning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzularida anjuman, shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy forumlar, xattotlik va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligi va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar ham ayni dastur doirasida tashkil etiladi.

Madaniyat vazirligida ISESCO delegasiyasi bilan uchrashuvda noyob islomiy qo‘lyozmalarni nashr etish, O‘zbekiston olimlari haqida o‘zbek, arab va rus tillarida kitoblar chop etish, Buxorodagi “Eng yaxshi madaniy loyiha”, “Eng yaxshi hunarmandchilik namunalari” yo‘nalishlarida ISESCO mukofotini ta'sis etish masalalari muhokama qilindi.

– Buxoro qadim madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan shahar, – dedi ISESCO mas'ul vakili Rixiati Salih Najib. – Bu galgi tashrif davomida Buxoroda bo‘lib, tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdik, viloyatda bayramga yuqori tayyorgarlik ko‘rilayotganiga guvohi bo‘ldik. Madaniy anjumanlar ko‘tarinki ruhda va uyushqoqlik bilan o‘tishida bizda shubha yo‘q.

Жобир ХЎЖАҚУЛОВ,

“Дунё” АА

Mavzuga oid

Sayyid Amir Kulol: Ilm talabida olovli y...

Fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Buxoro sh...

Madaniyat vazirligida ISESCO delegatsiya...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida mamlakatimizda bo‘lib turgan ISESCO delega...

Buxoroda ISESCO hamkorligida xalqaro anj...

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligida ISESCO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘t...

So`nggi yangiliklar