Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Avgust/2020   COVID-19

Robert Kox instituti ekspertlari koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga ko‘maklashish uchun Toshkentga kelmoqda


BERLIN, 21 avgust. /«Dunyo» AA/. COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash, o‘zlarining tajribalari bilan amaliy ko‘mak berish maqsadida dunyoning qator yetakchi davlatlari tibbiy klinikalari, markazlari, institutlari vakillari, malakali shifokor va ekspertlari O‘zbekistonda bo‘lib, bu borada joylarda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda, yaqin hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Jumladan, O‘zbekistonnning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Germaniyaning jamoat sog‘lig‘ini saqlashda nufuzli tashkilot sanalgan Robert Kox instituti vakillaridan tashkil topgan delegatsiya bugun «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi samolyotida tashkil qilingan maxsus charter reys bilan Frankfurt-Mayn shahridan Toshkentga uchib ketdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur 10 kishilik delegatsiya Robert Kox institutining yetakchi ekspert va mutaxassislari, Frankfurt-Mayn va Dyusseldorf universitetlari klinikalarining yuqori malakali shifokorlari, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi vakillaridan tashkil topgan.

Germaniyalik mutaxassislar tashrif davomida respublika koronavirusga qarshi kurash shtabi mas’ullari bilan birgalikda bugungi kunda COVID-19ga qarshi kurashdagi vaziyatni tahlil etib, tegishli tavsiyalar taqdim etadi. Shuningdek, viloyatlardagi shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, kornovirusni aniqlash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda o‘z tajribalari bilan o‘zbekistonlik hamkasblariga amaliy ko‘mak berishlari ko‘zda tutilgan.
 

«Dunyo» AA muxbiri delegatsiya rahbari Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari, Xalqaro sog‘liqni saqlash axborot markazi rahbari, doktor Andreas Yansen bilan safar oldidan suhbatlashdi.

— O‘zbekistonga safarimiz mamlakatingizning Germaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilganini alohida ta’kidlash joiz, — dedi Andreas Yansen. — Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda mamlakatingizdagi hamkasblarimizga ko‘maklashishdan iborat. Delegatsiya tarkibida COVID-19ga qarshi kurashda yetarli malaka to‘plagan tajribali ekspertlar, mutaxassis va shifokorlar jalb qilingan. Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining ikki vakili ham bizga hamrohlik qilmoqda.

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi va uning COVID-19ga qarshi kurashdagi faoliyati bilan tanishib, tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish, laboratoriyalar ish uslubi, shuningdek, viloyatlar va hududlarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar imkoniyatlari, birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalaridagi sharoitlarni ko‘zdan kechiramiz. Sohada erishilgan yutuq va tajriba almashib, o‘z tavsiyalarimizni beramiz. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik mutasaddilar bilan birgalikda, COVID-2019 ga qarshi kurashda samarali yondashuvlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Safar doirasida O‘zbekistonning tegishli tibbiy markaz, muassasa va ilmiy tadqiqot instituti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari ham o‘rganiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 30-iyul kuni 686 holatda k...

O‘zbekistonda 30-iyul kuni 686 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

SSV:O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘r...

Bugun, 18-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etil...

Sarhisob: 21 iyun kuni 162 holatda koron...

Avval xabar qilganimizdek, 21 iyun kuni 87 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Na...

So`nggi yangiliklar