Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2021   Jamiyat

Rossiya Bosh prokurori «O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


TOSHKЕNT, 30-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bosh prokuratura ma’lui qilishicha, tadbirda Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari serqirra va dinamik tavsifga egaligini qayd etdi.

Rossiya delegatsiyasi vakillariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat  Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida, xususan, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, O‘zbekiston prokuratura organlarining faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Taraflar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildi va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi.

Xususan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash sohalarida tajriba almashish hamda prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Muloqot natijasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Rossiya Bosh prokuraturasi o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik dasturi imzolandi.

Tadbir yakunida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Igor Krasnovga hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik izhor qildi va uni «O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Mavzuga oid

28-30 sentyabr kunlari «Amir Temur - du...

Joriy yil 28-30 sentyabr kunlari «Amir Temur - dunyo olimlari va adiblari nigohida» mavzus...

Namangan viloyatida Markaziy Osiyoda o‘...

Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi ish...

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi o...

Kecha O‘zbekiston transport vazirligida Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari...

So`nggi yangiliklar