Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Sentabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Rossiya delegatsiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi


TOShKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatimizda bo‘lib turgan “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Korxona Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mehmonlar dastlab kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va “SFI Management Group” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Qobil Shodiyev hamrohligida kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Rossiya delegatsiyasi “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish jarayoni va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ularga amalga oshirilayotgan loyiha haqida, xususan, mazkur kon quvvati hamda loyihani ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha joriy holat to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Shundan so‘ng mehmonlar ulkan bunyodkorlik yo‘lga qo‘yilgan 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi, 1-mis boyitish fabrikasida jadal davom etayotgan asosiy quvvatlarni rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturi doirasidagi ishlar, mis eritish zavodidagi affinajlangan oltin va kumush ishlab chiqarish jarayoni haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid

“O‘zmilliybank” SHHT Banklararo birlashm...

“O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasi raisligid...

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar O‘zbekis...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari Kimxe va Pusan shaharlariga tashrif buyurib...

MAGATE delegatsiyasi O‘zbekistonga tashr...

MAGATE delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

So`nggi yangiliklar