Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Fevral/2020   Sport

Rossiya klubi Oston O‘runov bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi


TOShKENT, 10 fevral. /«Dunyo» AA/. Rossiyaning «Ufa» futbol klubi rasmiy sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Oston O‘runov bilan uzoq yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Oston O‘runov «Paxtakor» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyati davomida  Namanganing «Navbahor» va  Toshkentning «Lokomotiv» jamoalarida harakat qilgan. Oston 2018 yil «O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi» nomiga loyiq topilgan edi. 

Ma'lumot uchun, yurtdoshimiz qariyb ikki hafta davomida Rossiya Prem'er-ligasi jamoasining Kiprda o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashdi. Yakunda «Ufa» klubi mutaxassislarining ishonchiga erishdi.  Xabarda transfer qiymati ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid

Oʼzbekistonda badminton sport turini omm...

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatimizda badminton sport turini rivojlantirish va un...

O‘zbek chavandozi Germaniyada o‘tkazilga...

Joriy yil 23-27 iyul kunlari Germaniyaning Niyenburg shahrida o‘tkazilgan ot sportining ko...

Ruminiyada o‘zbek milliy kurashi bo‘yich...

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati Ruminiyada o‘zbek milliy kurashi bo‘yic...

So`nggi yangiliklar