Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Iqtisodiyot

Rossiyada Federatsiyasi hududlarida «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi


TOSHKENT, 29 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rossiya Federatsiyasi hududlarida joriy yil noyabr-dekabr oylarida «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmalari Hukumatning tegishli farmoyishiga binoan, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish hamda yana-da kengaytirish, shuningdek, Rossiya ishbilarmon doiralari va jamoatchiligini mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan keng tanishtirish maqsadida  tashkil etiladi.

Ko‘rgazmalar 10-14 noyabr kunlari Samara shahrida,  23-24 noyabrda Sankt-Peterburg shahrida, 1-2 dekabrda Qozon shahrida va 15-16 dekabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Hukumat farmoyishi bilan masʼul tashkilotlarga ko‘rgazmalarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalar berilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Tojikiston investitsiyavi...

S.Umurzoqov Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Ibrohim bilan videokonferens...

«Islom ensiklopediyasi»ning birinchi jil...

«Islom ensiklopediyasi» birinchi jildining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

«Masche» jurnali: O‘zbekistonning 950 da...

Maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bugungi kunda dunyoga o‘zining to‘qimachilik sanoat...

So`nggi yangiliklar