28/Yanvar/2021 O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida
MOSKVA, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamlakatning «BL Grupp» va “Transmashxolding” kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan uskunalar va elektron texnika vositalari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga texnik yordam sifatida yetkazilib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga «BL Grupp» kompaniyasi tomonidan olti turdagi 115 dona turli bakteriya va viruslarni zararlantiradigan dizenfeksiya uskunalari yuborilgan.
“Transmashxolding” AJ tomonidan, o‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi maktablar uchun 30 dona zamonaviy elektron planshet taqdim etilgan.