Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Mart/2022   Dolzarb

Rossiyadan munosabat: O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi o‘z samarasini bermoqda

MOSKVA, 6-mart. /«Dunyo» AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tadqiqotchisi Aleksandr Vorobyov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” Axborot agentligiga quyidagicha sharhladi:  


– Ushbu tashrif Toshkent va Islomobod o‘rtasidagi munosabatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 2021 yil iyul oyida O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Bugun shuni aytish mumkinki, Islomobod Toshkentning asosiy hamkorlaridan biriga aylanmoqda. Pokiston O‘zbekiston uchun janubiy yo‘nalishdagi transport yo‘lagi, tovarlar uchun sig‘imli va istiqbolli bozor bo‘lishi bilan birga, afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha hamkor sifatida ham muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida, O‘zbekiston o‘zining tobora ochilib borayotgan iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan Pokiston biznesiga qiziqish bildirmoqda. Prezidentning Pokistonga tashrifi arafasida va bevosita tashrif chog‘ida 60 ga yaqin investitsiya shartnomasi, 800 million dollarga yaqin savdo shartnomalari imzolandi.

O‘zbekiston Prezidentining Islomobodga ikki kunlik tashrifi juda samarali bo‘ldi. Bu tomonlarning niyatlarining jiddiyligini ko‘rsatadi. Tashrif davomida Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokaralar, hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazildi. O‘nga yaqin hujjat, jumladan, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston hududlari o‘rtasida hamkorlik bitimlarining imzolagangani muzokaralarning samarali o‘tganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonning Pokiston bilan hamkorligi o‘z samarasini bermoqda. Xususan, 2021 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 50 foizga oshdi. Biroq ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik salohiyati ancha yuqori va buni Toshkentda ham, Islomobodda ham yaxshi anglashadi.

Mavzuga oid

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston va Jan...

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi bosh kotibi Adem Kula

Niderlandiyadan munosabat: O‘zbekiston y...

Roland Monash, “Aflotun Interneshnl” xalqaro nodavlat tashkiloti bosh ijrochi direktori (N...

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston Prez...

«Fuoka» yosh tadbirkorlar uyushmasi prezidenti maslahatchisi Chi Chi Ming Prezident Shavka...

So`nggi yangiliklar