Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2022   TIV yangiliklari

Rostov-Donda O‘zbekistonning yangi bosh konsuli ish boshladi

TOSHKENT, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. Rostov-Don (Rossiya) shahrida O‘zbekistonning yangi bosh konsuli Burxon Aliqulov o‘z vazifasini bajarishga  kirishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


U 40 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasi bitiruvchisi.

2004 yildan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab keladi. Ishni attashe lavozimidan boshlagan. 2020-2022 yillarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

U 2019 yilda Rostov-Don shahrida O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasini ochgan bosh konsul Rustam Qurbonboyevni almashtirdi.

Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglari kiradi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari Turkmaniston elc...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkmaniston ...

O‘zbekiston delegatsiyasi “Markaziy Osiy...

22-25-dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi deleg...

Ohangaron shahri jamoatchiligi: Xayrli ...

Xabar berilganidek, 10 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Ohan...

So`nggi yangiliklar