Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Jamiyat

Said Ahmadning saylangan hikoyalari to‘plami turk tilida chop etildi


ANQARA, 29-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Said Ahmadning saylangan hikoyalari to‘plami turk tilida chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Mamlakatimizda davlat tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib etishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarning amalga oshirilishi o‘zbek tilining xorijdagi ixlosmandlari tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi. Xususan, qardosh Turkiyada o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yana-da ortdi va mahalliy tilshunoslarning o‘zbek adabiyotiga eʼtibori sezilarli oshdi.

Shu jumladan, joriy yil 29 oktyabr kuni Anqarada buyuk adib, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning saylangan hikoyalari to‘plami turk tilida chop etildi. Loyiha buyuk o‘zbek adibi tavalludining 100 yilligi nishonlanayotgan joriy yilda turk xalqi uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Loyiha Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti – TURKSOY ko‘magida amalga oshirildi. To‘plamdan o‘rin olgan hikoyalar Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti va Anqara davlat universitetining tilshunos va adabiyotshunos olimlari hamkorligida turk tiliga tarjima qilindi.

Taʼkidlash joiz, Said Ahmadning saylangan hikoyalari to‘plami turk adabiyotshunoslari tomonidan munosib baholandi. Ular fikriga ko‘ra, Said Ahmad qalamiga mansub hikoyalar xalqchilligi va oddiy odamlar uchun tushunarli tilda yozilgani bilan eʼtiborga molik. Turkiya jamoatchiligi vakillari ushbu to‘plam turkiyalik kitobxonlar qalbidan joy olishiga ishonch bildirdi.

Turkiyada o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, turk tarjimonlarini o‘zbek adabiyoti namoyandalari asarlarini turk tiliga tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratishga undamoqda.

Maʼlumot o‘rnida, yaqin kelajakda bu borada qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid

Yuridik amaliyotda xalqaro tendentsiyala...

oshkentdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasida “Yuridik amaliyotda xalqaro tendentsiyalar: ing...

O‘zbekistonlik yosh muhandislar o‘pkani ...

O‘zbekistonlik yosh muhandis-mutaxassislar o‘pkani sun’iy shamollatish apparati prototipin...

O'zbek tili dunyoda - Niderlandiya

Nikolas Kontovas Niderlandiyaning Leyden universiteti doktoranti

So`nggi yangiliklar