Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Iyun/2021   Ilm-fan

Samarqand shahrida «Moturidiya taʼlimoti va zamonaviylik» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir o‘tkaziladi


SAMARQAND, 11 iyun. /“Dunyo” AA/. Joriy yil  16 iyun kuni O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro tadqiqotlar markazi tomonidan «Moturidiya taʼlimoti va zamonaviylik» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn-simpozium o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Imom Moturidiy xalqaro tadqiqotlar markazidan maʼlum qilishlaricha, buyuk alloma va uning izdoshlarining boy ilmiy merosi haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur anjumanda Xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro tadqiqotlar markazlari, ICESCO, IRCICA, Malayziya islom tadqiqotlari instituti, Al-Azhar majmuasi (Misr), Seljuq universiteti (Turkiya) singari  islom olamidagi nufuzli ilmiy majmualar olimlari ishtirok etadi. Shuningdek,  Misr, Iordaniya, Turkiya, Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Bosniya va Gersegovina, Rossiya, Malayziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Afg‘onistondan  moturidiyshunoslarning ishtirok etishi kutilmoqda.

 Anjuman dasturidan Imom Moturidiy taʼlimoti va uning bugungi kundagi ahamiyatiga oid qator maʼruzalar o‘rin olgan.

Xalqaro tadbir doirasida, shuningdek, Imom Moturidiy  markazi  tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan  Moturidiyning  «Taʼvilot al-Qurʼon» asarining 29-tomi,  Ali Qorining   «Sharh al-fiqh al-Akbar», Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” va boshqa kitoblarning  taqdimoti va  talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan «Imom Moturidiy izdoshlari» tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Yadro tadqiqotlari birlashga...

Joriy yil 23 noyabr kuni Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Dubna)ga aʼzo davlatlar...

Markaziy Osiyo davlatlari va Oksford uni...

Oksford universiteti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Buyuk Britaniya universitetining Ma...

Yoshlar Akademiyasining Startaplar platf...

Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi vakillari Is...

So`nggi yangiliklar