Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Jamiyat

Samarqand shahridagi xalqaro simpozium doirasida O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga press-tur tashkil etildi


 SAMARQAND, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. Samarqand shahrida madaniy merosni boshqarish mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium doirasida O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga press-tur tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbirlari Farida Islomova va Sherzod Ibragimov (foto).

 O‘zbekiston turizm va sport vazirligi, Janubiy Koreya Madaniy meros fondi va Madaniy meros boshqarmasi hamkorligida 2020 yildan boshlab madaniy merosni asrash, konservatsiyani rivojlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ODA (Official Development Assistance) loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha, asosan, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi qoshidagi taʼmirlash laboratoriyasini tashkil qilish va uning moddiy texnik bazasini yangilash, Afrosiyob muzeyining muhitini yaxshilash va devoriy suratlar saqlanishini kafolatlovchi omillarni yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston madaniyati va tarixi muzeyining amaldagi taʼmirlash laboratoriyasini zamonaviy holga keltirish maqsadida muzey binosining 4-qavatidagi ko‘rgazmalar zali qayta qurildi va jihozlandi, zamonaviy taʼmirlash uskuna va anjomlari bilan taʼminlandi. Muzey qoshidagi taʼmirlash laboratoriyasiga 120 dan ortiq restovratsiya anjomi va zamonaviy uskuna olib kelindi.

 Bundan tashqari, konservatsiya qilish sirlarini ochib beruvchi zamonaviy o‘quv metodik qo‘llanma ham taqdim etilib, loyihaning oxirgi bosqichida qo‘shimcha ravishda laboratoriyaning moddiy texnik bazasini yaxshilashga urg‘u berildi.

Bu esa, o‘z navbatida, xalqimiz uchun aziz bo‘lgan qadimiy topilmalarni kelajak avlodga yetkazish va ularni asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Janubiy koreyalik hamkorlar 2022-2026-yillarda ODA loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mazkur bosqich Samarqand viloyati hududidagi hali ochilmagan tarixiy obidalarni o‘rganish, ularni turizm obyektlariga aylantirishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston madaniy merosini asrash va boshqarish, ularni tadqiq qilish va qazishmalar davomida o‘zaro tajriba alamashib, zamonaviy arxeologik bilim ko‘nikmalarni takomillashtirish, yodgorliklarni ochiq muzey holatiga keltirish, uni moddiy texnik baza bilan taʼminlash, taʼmirlash markazi va konservatorlarni tajriba ko‘nikmalarini  oshirish kabi chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzil...

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:25 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi

Transport vazirligi tomonidan mamlakatim...

Eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning hajmlari barqaror o‘...

O‘zbekiston elchisi Minskda ommaviy axbo...

Mamlakatmiz elchixonasi tashabbusi bilan Belarus Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Resp...

So`nggi yangiliklar