Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Noyabr/2020   Sport

Samarqand yarimmarafoni g‘oliblari aniqlandi


TOSHKENT, 1 noyabr. /“Dunyo” AA/. Samarqand shahrida ikkinchi marta o‘tkazilgan anʼanaviy «Samarkand Half Marathon» yarimmarafoni yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur marafonda masofani 1 soat 5 daqiqa-yu 42 soniyada bosib o‘tgan toshkentlik 34 yoshli Andrey Petrov g‘olib bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni esa g‘olibdan 20 soniya ortda qolgan 24 yoshli surxondaryolik Shohruh Davlatov qo‘lga kiritdi. Aytish kerakki, u 2019 yilgi musobaqa g‘olibi bo‘lgandi.

Uchinchi o‘rinni 2000 yilda tug‘ilgan samarqandlik Toshquvvatov Otabek egalladi.

Ayollar o‘rtasida surxondaryolik Sitora Hamidova start chizig‘ini 1 soat 11 daqiqa-yu 58 soniyada bosib o‘tib, g‘olib bo‘ldi. Jizzaxlik Marina Xmelevskaya ikkinchi, farg‘onalik Yekaterina Tunguskova uchinchi bo‘ldi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda g‘olib bo‘lganlar 12 million so‘mdan mukofot puli oladi. 2-5 o‘rin sohiblari esa mos ravishda 8, 6, 5 va 4 million so‘mdan mukofot, shuningdek, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov taqdirladi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya elchisi O‘zbekiston davla...

Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Kan Je Kvon O‘zbekiston davlat jismoniy t...

O‘zbekistonda hududiy futbol assotsiatsi...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyat...

Rossiya klubi Oston O‘runov bilan shartn...

Rossiyaning «Ufa» futbol klubi rasmiy sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasining 19 yoshli...

So`nggi yangiliklar