Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Samarqandda Emissiyani nolga tenglashtirish bo‘yicha global majburiyat to‘g‘risidagi Deklaratsiyaning imzolanishi Ozarbayjon OAV diqqat markazida

BOKU, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjonning ommabop “RESPUBLIKA” gazetasi veb-saytida «Qadimiylik va zamonaviylik uyg‘unligida rivojlanayotgan Samarqand» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Maqolada 11 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammiti doirasida «Bizning umumiy uyimiz bo‘lgan dunyo manfaati yo‘lida havoga nolga tenglashtirish chiqindi gaz chiqarilishi bo‘yicha global majburiyat to‘g‘risidagi Deklaratsiya» imzolangani qayd etilgan.

Turkiya tashabbusi bilan tayyorlangan Deklaratsiyani O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva, Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva va Vengriya Bosh vazirining rafiqasi Aniko Levai imzoladi.

«Deklaratsiyada Parij kelishuvi va 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari kun tartibi maqsadlariga erishish uchun tugaydigan resurslardan samarali hamda qayta foydalanishni rag‘batlantirish, shuningdek, qayta ishlash orqali chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish zarurligi qayd etilgan, deb yozadi nashr. Bundan tashqari, barqaror chiqindilarni boshqarish, resurslar samaradorligi va iqlim o‘zgarishi o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlik taʼkinlanadi”.

Maqoaldagi qayd etilganidek, Deklaratsiyada chiqindilarni Barqaror boshqarish strategiyasini amalga oshirishga sodiqlik bildirilgan. Hujjatga ko‘ra, chiqindisiz yondoshuvni targ‘ib qilish va dunyodagi ilg‘or tajribalarni almashish nazarda tutilgan. «Hujjat BMTga aʼzo davlatlar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va ommaviy axborot vositalarini aylanma iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish va chiqindilarning iqlim o‘zgarishiga taʼsirini kamaytirish bo‘yicha strategiya va yondoshuvlarni moslashtirishga chaqiradi», deya taʼkidlaydi gazeta.

Nashrda yozilganidek, mazkur Deklaratsiyan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish  tomonidan ham imzolangan.

Maqolada, shuningdek, Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya va O‘zbekiston davlat rahbarlarining rafiqalari Samarqanddagi «O‘zbekiston ranglari» ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlari ham maʼlum qilingan.

Taʼkidlanishicha, ko‘rgazmada Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi kolleksiyasidan joy olgan mashhur asarlar namoyish etildi.

«Mehmonlar «Abadiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasi bilan ham tanishdi.  Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya va O‘zbekiston davlat rahbarlarining rafiqalari Hamid Olimjon nomidagi Samarqand musiqali drama teatrida “Lazgi” baletini tomosha qildilar», deb yozadi “RESPUBLIKA”.

Mavzuga oid

«Daily Outlook Afghanistan»: O‘zbekiston...

Afg‘onistonda ingliz tilida chop etiladigan ommabop gazetalaridan biri - «Daily Outlook Af...

Tailand Islom markazi jamg‘armasi o‘z ma...

Tailand Islom markazi jamg‘armasi veb-saytida «O‘zbekistonda jadal o‘zgarishlar. Islom ol...

Chelyabinsk viloyati sayyohlik kompaniya...

Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari xizmat safari bilan ...

So`nggi yangiliklar