Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Avgust/2022   Vatandoshlarimiz

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

SANKT-PETERBURG, 8-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Tashqi mehnat migratsiya agentligi va “Uzbekistan airways” AJning Sankt-Peterburg shahridagi vakillari bilan hamkorlikda “KontinentPak” mahsulot qadoqlash kompaniyasi hamda yuqori sifatli oyna ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rossiyskaya stekolnaya kompaniya” aksionerlik jamiyatida bo‘lishib, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrda qabul qilingan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha uyushtirilgan mazkur uchrashuvlar chog‘ida mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishilgani barobarida mazkur ishlab chiqarish korxonalari salohiyati o‘rganildi, ularning rahbariyati  bilan aloqalar o‘rnatilgani holda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumotlar olindi.

Shu bilan birga, bo‘lib o‘tgan suhbatlar chog‘ida mamlakatimizning migratsiya sohasiga taalluqli qaror va qonunchilik meʼyorlari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar ham yurtdoshlarimizning eʼtiboriga havola etildi.

Uchrashuvlar doirasida mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Rempublikasi Konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari ...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi vakillari Mangistau viloyati Aktau shahridagi «K7 Group» k...

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar tom...

Jahon tozalik kuni munosabati bilan Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi tomonid...

Polshada vatandoshlar ishtirokida Alishe...

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshla...

So`nggi yangiliklar