Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Sankt-Peterburgda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Prezident saylovida faol qatnashishga chaqirildi


SANKT-PETERBURG, 23 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Sankt-Peterburg temir yo‘llar davlat universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir chog‘ida joriy yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni haqida so‘zlab berildi.

Diplomatiya vakolatxonasi xodimlari vatandoshlarimizga Bosh konsulxona binosidagi saylov uchastkasiga kelib, munosib topgan nomzodni yoqlab ovoz berish, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotganini maʼlum qildi.

Uchrashuvda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turgan va istiqomat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz mazkur saylovlarda faol qatnashishga chaqirildi.

Xuddi shunday uchrashuv A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida taʼlim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida ham tashkil etildi.

Mavzuga oid

Kecha O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod...

O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar bo‘yicha kampaniya davom etmoqda

Misrdagi elchixonamiz huzurida saylovchi...

Kecha Qohira vaqti bilan soat 08.00 dan 20.00 gacha mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi ...

O‘zbekistoning O‘mondagi elchixonasi huz...

Joriy yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori darajad...

So`nggi yangiliklar