21/Yanvar/2022 O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida
SANKT-PЕTЕRBURG, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi 3-sonli yetim bolalar va ota-ona qaarmog‘isiz qolgan bolalarni saqlash markazida bo‘lishib, markaz direktori Denis Buxarov bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida mamlakatmizning Bosh konsulxonasi va mazkur markaz o‘rtasida yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgani e’tirof etildi.
O‘zbekiston vakillari mazkur markazda doimiy ro‘yxatga olinmagan, ona-ona yoki qonuniy vakillari mavjud bo‘lmagan bolalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Ushbu markazda ayni vaqtda Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzgan fuqarolar farzandlari, ona-ona yoki qonuniy vakillari mavjud bo‘lmagan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar saqlanmoqda. Ular orasida 4 nafar o‘zbekistonlik bolalar ham bor.
O‘tkazilgan muzokaralar natijdasida vatandosh-bolajonlarni imkon imkon qadar qisqa muddatlarda O‘zbekistonga yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tashrif yakunida markaz rahbariyatiga bu yerda saqlanayotgan o‘zbekistonlik bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirildi, bolajonlarga Bosh konsulxona tomonidan turli sovg‘alar taqdim etildi.