Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Sankt-Peterburgdagi vatandosh-migrantlar konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlanayotgan maqsadlar bilan tanishdi

SANKT-PETERBURG, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona xodimlariushbu shahardagi «Izzat» qog‘ozni qayta ishlash korxonasida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri


Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad  yurtdoshlarimizga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni haqida batafsil maʼlumot berishdan iborat bo‘ldi. 

Korxonadan taqdim qilingan maʼlumotga ko‘ra, ushbu tashkilotda ayni paytda 60 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolarining vaqtincha bandligi taʼminlangan.

Uchrashuv davomida o‘zbek diplomatlari «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ilgari surilayotgan yangi normalarning mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berdi.  Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar “meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi, taklif@meningkonstitutsiyam.uz va taklif@2022.uz elektron pochta manzillari orqali taqdim etilishi mumkinligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari vatandoshlarimizga O‘zbekiston rahbariyati tomonidan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, kreditlar va davlat subsidiyalari ajratilishida taqdim etilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ham axborot taqdim qilindi.

Uchrashuv yakunida yurtdoshlarimizning konsullik-huquqiy masalalarga oid savollariga javob berildi.

Mavzuga oid

Polshadan munosabat: O‘zbekiston Konstit...

Polsha Seymi deputati, Koalitsiyaviy parlament klubi va Xalq partiyasi aʼzosi Miroslav Mal...

Nyu-Yorkdagi vatandosh: Konstitutsiyanin...

Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan Nyu-York shahrida faoliyat yurituvchi bloger Shahriy...

Xitoydagi vatandosh: O‘zbekistonda amalg...

Xitoyning mashhur «Alibaba Grup» kompaniyasi xodimi, vatandoshimiz Farruh Kushnazarov Bos...

So`nggi yangiliklar