Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Sanoat chiqindilarini qayta ishlash sohasida Janubiy Koreya kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatiladi


SEUL, 5-avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida «KC Green Materials» kompaniyasining biznesni boshqarish va marketing bo‘yicha direktori Li Ju Yon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tomonlar Angren ko‘mir konida sanoat chiqindilarini qayta ishlash va ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishga Janubiy Koreya kompaniyasining innovatsion yechimlarini jalb qilish masalalarini muhokama qildi.

Li Ju Yon «KC Green Materials» kompaniyasi turli xil chiqindilar, shu jumladan ko‘mir kukunini qayta ishlash bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar bilan shug‘ullanishini ta’kidladi. Kompaniya sanoat chiqindilaridan ekologik toza qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion yechimlar sohasidagi bir nechta texnologik patentga ega.

Janubiy Koreya kompaniyasining vakili «O‘zkimyosanoat» AK bilan sement xom ashyosi va boshqa qurilish materiallari hamda yo‘l qurilishida ishlatilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni olish uchun sanoat chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik masalasini o‘rganishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar natijasida «KC Green Materials» kompaniyasiga kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etish, shuningdek, yaqin kelajakda «O‘zkimyosanoat» AK rahbariyati bilan videokonferensaloqa orqali muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spike...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seulga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi ...

Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkor...

Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Finlyandiya hukumatlar...

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi “PBT+” imti...

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini ol...

So`nggi yangiliklar