Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Oktabr/2021   Media

Saudiya Arabistoni gazetasi O‘zbekiston Prezidenti saylovi haqida


AR-RIYOD, 20-oktabr. /«Dunyo» AA/. Saudiya Arabistonining yetakchi nashrlaridan biri - «Al-Muashshir al-Iqtisadiy»  gazetasida  «O‘zbekiston 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rmoqda» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Materialda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, saylov jarayonining milliy saylov qonunchiligi,  tan olingan xalqaro standartlar va demokratik tamoyillarga muvofiq, ochiq va oshkora o‘tkazilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bayon qilingan. 

«2016 yildan boshlab O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘tgan qisqa davr mobaynida jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayoti barcha jabhalariga tub islohotlar joriy etildi. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy va siyosiy hayotni liberallashtirish, ommaviy axborot vositalari erkinligiga rioya qilishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlar amalga oshirildi», - deya qayd etadi nashr.

Muallif Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha  14 ta saylov okrugi va 10 ming 776 ta saylov uchastkasi tashkil etilganini ma’lum qilgan. Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil qilgan. Komissiya yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan O‘zbekiston Prezidenti saylovini xolis va keng yoritish bo‘yicha hamkorlik memorandumlarini imzolagan. 

«Joriy yil 14 sentabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga oldi. Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, Liberal-demokratik partiyadan  Shavkat Mirziyoyev, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov va «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov oliy lavozim uchun kurashayapti»,- deb ta’kidlanadi materialda.

Maqolada  xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarning O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. «O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonalari joylashgan 38 mamlakatda 54 ta saylov uchastkasi ochilgan. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 128 ta shaharida va diplomatiya vakolatxonasi bo‘lmagan 11 ta davlatda 310 dan ortiq ovoz berish nuqtalari tashkil etildi», - deb yozadi nashr. 

O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida amalga oshiriladigan barcha tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, ovoz berish kuni saylov uchastkalarida bo‘lish va ovozlarni sanash jarayonini kuzatish imkoniyati taqdim etiladi.

O‘zbekiston Prezidenti saylovini YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatib boradi, deb yozadi  «Al-Muashshir al-Iqtisadiy».

Mavzuga oid

Ispaniya bilan taʼlim sohasidagi hamkorl...

Mamlakatimizning Madriddagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida...

O‘zJOKU talabalari uchun Turkiyalik muta...

Mamlakatimizning Ankaradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komm...

O‘zbekiston elchisi Hindiston ommabop el...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov “Sarkaritel.com” va “DiplomacyIndia.c...

So`nggi yangiliklar