Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Dekabr/2022   Investitsiyalar

Saudiya Arabistoni Milliy rivojlanish kompaniyasi rahbariyati bilan O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi

AR-RIYOD, 3-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistoni Milliy rivojlanish kompaniyasi bosh direktori Nosir bin Hammad al-Jaiydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni xususiy sektor vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat avvalida Saudiya vakiliga O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda xususiy sektorning rolini oshirish, barcha tarmoq va sohalar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Nosir bin Hammad al-Jaiydiy O‘zbekiston rahbariyati tomonidan so‘nggi yillarda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, jumladan, investitsiyalarni jalb qilish hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga qaratilayotgan aʼlohida eʼtiborni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini qayd etdi.

Suhbatdosh O‘zbekistonni geografik jihatdan juda qulay joylashganini va ushbu omil chet ellik investorlarning yuqori qiziqishiga sabab bo‘layotganini bildirdi.

 O‘zbekiston Prezidentining joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tashrifi va ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvi natijalari eʼtirof etildi.

- Oliy darajada bo‘lib o‘tgan tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini yana-da jadalashtirayotgani haqiqat, - dedi Nosir bin Hammad al-Jaiydiy. - Hozirgi kunda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan saudiyalik investorlar soni ortib bormoqda. Ikki mamlakat tadbirkorlarining qo‘shma loyhalarini moliyalashtirish masalasini hal etishga hissa qo‘shishga tayyormiz. Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi jamg‘arma va banklarning O‘zbekistondagi tijorat banklar orqali kredit liniyalarni ochish, shuningdek, mazkur mablag‘larni investitsiyaviy loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha muzokaralar olib borayapmiz.

Mavzuga oid

ITSV: Tadbirkorlarning hech bir murojaat...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar...

Budapeshtda O‘zbekistonning sanoat va in...

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi s...

YETTB O‘zbekistonda irrigatsiya sektorin...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid X...

So`nggi yangiliklar