Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Saudiya Arabistonidan munosabat: Konstitutsiyaviy islohotlarning umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi O‘zbekistonda ijtimoiy jamiyat va siyosiy shaffoflikdan dalolat beradi

JIDDA, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotlar haqida Jidda shahrida istiqomat qilayotgan, asli kelib chiqishi o‘zbekistonliklar bo‘lgan buxoriylar diasporasi vakili, yirik ishbilarmon Abduljalil Asror “Dunyo” axborot agentligiga o‘zining quyidagi fikr-mulohazalarini bayon qildi:


– Konstitutsiyaviy islohotlarning umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi O‘zbekistonda ijtimoiy jamiyat va siyosiy shaffoflikning rivojlanib borayotganidan darak beradi.

Konstitutsiyada O‘zbekistonda moliyaviy resurslarning erkin harakatlanishi hamda ichki va xalqaro savdoni rivojlantirishga doir qoidalarning takomillashtirilishi respublikada tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib berilayotganining tasdig‘idir. Shu orqali tadbirkorlarga har qanday yo‘nalishda biznes yuritish, daromadlarini qonuniy ko‘paytirish imkoniyati berilmoqda.

Shuningdek, Konstitutsiyaga taʼlim yo‘nalishida o‘zgartirishlar kiritish bilan yoshlarning bilim olishi va kasb egallashi uchun O‘zbekistonda davlat tomonidan katta eʼtibor berilayotgani tahsinga sazovordir.

O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar aynan mamlakat ravnaqi va taraqqiyoti, xalq farovonligi va osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan, deb o‘ylayman.

Mavzuga oid

Singapurdagi vatandosh: O‘zbekiston Kons...

Cingapurda istiqomat qilayotgan vatandoshimiz, “Jackson Miller” majmuasi menejeri yordamch...

Hindistondan munosabat: O‘zbekiston Kons...

Hindistonning Javaharlal Neru universitetining Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari mark...

Erondagi vatandoshlar ishtirokida O‘zbek...

Joriy yilning 21 iyul kuni mamlakatimizning Erondagi elchixonasida shu davlatda tahsil ola...

So`nggi yangiliklar