Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyun/2023   Dolzarb

Saudiya Arabistonidan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Cho‘lponotada Yevropa Kengashi rahbari bilan o‘tkazgan muzokaralari ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da mustahkamlashga turtki bo‘ladi

JIDDA, 3 iyun. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonidagi o‘zbek diasporal tashkiloti faoli Yaxyo Marg‘iloniy “Dunyo” AA uchun intervyusida O‘zbekiston Prezidentining  kecha Cho‘lponota shahrida  bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» sammitidagi ishtiroki yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi:


- Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» formatidagi ikkinchi sammitda O‘zbekiston oliy darajadagi delegatsiyasining ishtirok etishi tahsinga sazovor.

Mazkur sammit doirasida O‘zbekiston Prezidentining Yevropa Kengashi rahbari bilan o‘tkazgan muzokaralari esa ikki tomon o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da mustahkamlashga va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga turtki bo‘ladi.

Ikkinchi sammitda O‘zbekiston Prezidenti taʼkidlaganidek, so‘nggi yillarda barcha darajalardagi muloqotlar sezilarli darajada faollashganini kuzatish mumkin.

Bunday ko‘p tomonlama oliy darajadagi muloqotlar mintaqalararo hamkorlikning yana-da kengayishiga, savdo-iqtisodiy sherikchilikning samaradorligini oshirishga va xalqaro maydonda mavjud muammolarning o‘z vaqtida hal etilishiga xizmat qiladi.

Ushbu formatdagi sammitning muntazam o‘tkazilishi Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotining yana-da rivojlanishiga va amaliy hamkorligining kengayishiga olib keladi. Shuningdek, ushbu muloqotlar o‘zaro savdoni ko‘paytirish, investitsiya va innovatsiya loyihalari uchun qulay sharoit yaratish, “yashil” energetikani joriy etish, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish kabi sheriklikning dolzarb jihatlari hayotga faol tadbiq etiladi.

Shuning uchun ham hozirgi kunda murakkab geosiyosiy vaziyat va global iqtisodiyotdagi salbiy jarayonlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror o‘sishni kuzatish mumkin.

Umuman olganda, O‘zbekistonning mana shunday xalqaro formatlar doirasidagi faolligi respublikaning jahon maydonidagi nufuzini yana-da oshirmoqda.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyadan munosabat: BMT Bosh As...

“Dong-A” universiteti professori, Koreya Respublikasining Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina va...

O‘zbekistonda har yili ixtirochilik va r...

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10-avgustda qabul qilingan qaroriga muvofiq, nodavlat not...

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston Marka...

Vaseda universiteti dekanining o‘rinbosari, professor Asushi Ogixara (Yaponiya)

So`nggi yangiliklar