Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Madaniyat

Saudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekiston ilmiy muassasalariga taqdim etdi

JIDDA, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlarining Makka shahridagi «Ummul Quro» universiteti professori, doktor Nadiya Ibrohim Buxoriy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda taʼlim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, so‘nggi 6 yil mobaynida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi, Imom Buxoriy tadqiqotlar markazi, Hadis ilmi maktabi kabi ilmiy muassacalar tashkil etilgani to‘g‘risida maʼlumotlar Saudiya Arabistoni vakilining eʼtiboriga havola qilindi.

Nadiya Ibrohim Buxoriy O‘zbekiston Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zaxashariy, Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk mutafakkir olimlar yurti ekanligini alohida taʼkidladi.  U, shuningdek, ota-bobolari yurti – O‘zbekistonga qilgan sermazmun  safarini ham yodga oldi.

Uchrashuvda Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni so‘rab Bosh konsulxonaga taqdim etdi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili markaziga hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.

Mavzuga oid

Hindiston kinoijodkorlari tomonidan Farg...

“O‘zbekkino” Milliy agentligida Hindistonning “WINGSPAN group” kompaniyasi tomonidan «Bobu...

“DigiCon6 Asia – 2020” xalqaro qisqa met...

Yaponiyaning “DigiCon6 Asia – 2020” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok et...

Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ij...

Shuningdek, «Kamoliddin Behzod izdoshlari» miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijod...

So`nggi yangiliklar