Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Mart/2021   Jamiyat

Senat qo‘mitasi raisi va Hindiston madaniy aloqalar kengashi rahbari parlamentlararo aloqalar va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdi


TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov yurtimizga tashrif bilan kelgan Hindiston madaniy aloqalar kengashi rahbari, Hindiston parlamenti yuqori palatasi aʼzosi Vinay Saxasrabudxe bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Hindiston elchisi  Manish Prabxat ham ishtirok etdi.

Hindiston madaniy aloqalar kengashi rahbari Hindistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha jabhalarida, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarini demokratlashtirish va mustahkamlash jarayonlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borishayotganini taʼkidladi. Uning fikricha, respublikaning bu boradagi yutuqlari xalqaro hamjamiyat tomonidan hurmat bilan eʼtirof etilmoqda.

Suhbat chog‘ida tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-2019 yillarda Hindistonga amalga oshirgan tashriflari keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratdi.

Muloqot ishtirokchilari ikki mamlakat tadbirkorlari va madaniyat arboblari delegatsiyalari tashriflarini almashishni yana-da faollashtirish, savdo, investitsiya, taʼlim, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, innovatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sayyohlik sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikning mavjud salohiyatidan keng foydalanish muhimligi va zarurligi haqida umumiy fikr bildirdi.

Hindiston madaniy aloqalar kengashi rahbarining maʼlum qilishicha, u rahbarlik qilayotgan kengash O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlarda, jumladan, taʼlim, tibbiy xizmat va turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Hindistonda o‘zbek tilini va O‘zbekistonda hind tilini o‘rganishni targ‘ib qilish bo‘yicha qiziqarli takliflar mavjud.

Ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarning istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarida Hindiston parlamentining yuqori va quyi palatalari bilan hamkorlik qilish uchun tuzilgan guruhlar katta hissa qo‘shayotgani bildirildi.

Mavzuga oid

Fransiyaning Ryuey-Malmezon shahri Buxor...

O‘zbekistonning Buxoro bilan Fransiyaning Ryuey-Malmezon shaharlari birodarlashgan shaharl...

ShHT Xalq diplomatiyasi markazi zamonami...

Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiya markazi shu kunlarda COVID-19ga qarshi kuras...

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusla...

Bonn shahridagi Germaniya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi doktor Kolin DYURKOP “Duny...

So`nggi yangiliklar