Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Aprel/2022   Parlament

Senat qo‘mitasi yig‘ilishida bo‘lajak yalpi majlisda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan qonunlar muhokama qilindi

TOSHKЕNT, 21-aperl. /«Dunyo» AA/. Kecha Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar dastlabki tarzda muhokama etildi. Jumladan, senatorlar 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yil I choragidagi ijrosi yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining hisobotini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Davlat dasturini ijro etish maqsadida tashqi siyosat sohasida 130 dan ortiq tashriflar, uchrashuvlar, onlayn muzokaralar, davra suhbatlari yuqori darajada tashkil etildi.

O‘zbekiston MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirdi. Mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda 40 dan ortiq tashriflar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va yuqori darajadagi taqdimotlar o‘tkazildi.

Investitsiyalar sohasida yanvar-mart oylarida 2,448 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 307 ta korxonaga eksportga yo‘naltirilgan savdo operatsiyalari va eksportdan oldin moliyalashtirish kreditlari uchun 172 million dollar ajratildi.

Shu bilan birga, senatorlar «iqtisodiy diplomatiya» chora-tadbirlari hamda hamkor davlatlar bilan mintaqalararo hamkorlik kelishuvlari va loyihalari samaradorligini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar.

Bundan tashqari, senatorlar Senatning bo‘lajak yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan qonunlarni ham ko‘rib chiqdilar. Xususan, Qo‘mita faoliyatidan kelib chiqib, «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida«gi Qonun muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Se...

Juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining videokonferensaloqa ta...

Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi y...

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi ...

O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha ma...

Kecha «O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturini amalga oshi...

So`nggi yangiliklar