Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Parlament

Senat qo‘mitasida bo‘lajak yalpi majlis kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi

TOSHKENT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, majlisda yalpi majlis kun tartibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi masalasini va ushbu jarayondagi ustuvor vazifalar ijrosini muhokama qildilar.

Taʼkidlanganidek, investitsion loyixalar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 70,6 ming nafar fuqaro 70 ta faoliyat yo‘nalishida o‘zini o‘zi band qilgan hamda 902 nafar fuqaro ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun band qilingan ish o‘rinlariga joylashtirilgan.

Muhokama davomida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashdagi ijobiy natijalar bilan bir qatorda ushbu hududlardagi kamchilik va tizimli muammolar senatorlar eʼtiboridan chetda qolmadi.

Shuningdek, majlisda Farg‘ona viloyati hokimining investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Senat yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalarning har biri mamlakatimiz hududlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. Senatorlar tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi.

Majlis yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Mavzuga oid

Qonunchilik palatasi qo‘mitasida odam sa...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan «Oda...

Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya parlame...

Mamlakatimizning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik p...

Oliy Majlis Palatalarida Konstitutsiyaga...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majl...

So`nggi yangiliklar