Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Aprel/2021   Parlament

Senat qo‘mitasida «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi Qonuni dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi

TOSHKENT, 19-aprel. /“Dunyo” AA/.  Bugun Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi manbasiga ko‘ra,  majlisda Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi Qonuni muhokama qilindi.

Markur qonun O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini aniqlash, respublikadagi mehnat faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mamlakatdan chiqish va unga kirishni tashkil etish tizimi va mexanizmlarini tartibga solish, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Hujjat O‘zbekiston hududida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, qolaversa, xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida respublikada chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini tartibga solish taʼminlanadi. Yaxlit tizimini o‘rnatishga, turli qonunosti hujjatlar bilan shakllantirilgan huquqiy asoslarni unifikatsiyalash imkoni beriladi, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan munosabatlarni davr talabiga moslashtirishga imkoniyat yaratiladi.

Bundan tashqari, hujjat bilan mehnat munosabatlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikning shaffof va ochiq tartibini yaratiladi, chet el fuqarolarining davlat xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyati beriladi.

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Mavzuga oid

Orol dengizi inqirozi natijasida Markazi...

Oliy Majlis Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mita...

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha...

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Ozarbayjon poytaxtida tashkil...

Senat raisi boshchiligidagi O‘zbekiston ...

Tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila N...

So`nggi yangiliklar