Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2021   Parlament

Senat raisi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi

TOSHKЕNT, 27 mart. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Li Chjanshu bilan videokonferensiya shaklida muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi ma’lum qilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish masalalari muhokama etildi.

Bugun O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi darajada faol va ildam rivojlanayotgani, bu ikki davlatning ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishidan dalolat berishi ta’kidlandi. Mamlakatlar an’anaviy do‘stlikni qadrlaydi, uni kengaytirish uchun samarali choralar ko‘rilmoqda.

Tomonlar murakkab epidemiologik vaziyat davom etayotganiga qaramay, ikki mamlakat o‘rtasida yuqori darajada muntazam siyosiy muloqot davom etayotganini ta’kidladi.

Parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinar ekan, so‘nggi yillarda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishda katta tajriba to‘plangani va yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Tomonlar parlamentlararo aloqalarning faollashishi ikki mamlakat hamkorligini chuqurlashtirmoqda, degan fikrni ilgari surdilar. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyot, savdo-sotiq, sanoat, transport, qurilish, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikka yangicha mazmun baxsh etadi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning boshqa masalalarini ham muhokama qildi.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘...

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha Yevropa tiklanish va...

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtas...

Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zolari Ross...

UNODC ijrochi direktori ishtirokida O...

Kecha poytaxtimizda «Davlat va jamiyat boshqaruvidagi yetakchi ayollarning o‘rni» mavzusid...

So`nggi yangiliklar