Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Noyabr/2021   Parlament

Senat Raisi: O‘zbekiston sog‘liqni saqlash bo‘yicha BRMga erishish sohasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor


TOSHKЕNT, 26-noyabr. /«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva kecha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi doirasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan «Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrov va barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar» mavzusida xalqaro konferensiya ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, yalpi majlisni MDH PA Kengashi raisi Valentina Matviyenko ochib berdi va mavzuning dolzarbligini qayd etdi, shuningdek, Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurashishning uchta jihatini ajratib ko‘rsatdi. Bular: vaksinadan foydalana olish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda unga chora ko‘rish samaradorligini oshirish va aholini sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan imkon qadar kengroq qamrab olish.

Konferensiya ishida MDH PA parlamentlar delegatsiyalari rahbarlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi rahbariyati ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Tanzila Norboyeva  o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda Prezident shavkat Mirziyoyev rahbarligida sog‘liqni saqlash darajasini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qayd etdi. Senat Raisi  mamlakatimiz sog‘liqni saqlash bo‘yicha BRMga erishish borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini, shuningdek, profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish, shu jumladan yuqumli va irsiy kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkor mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrov muammosi dolzarbligini inobatga olib, ushbu masalaga bag‘ishlangan forumni muntazam ravishda o‘tkazish taklifini bildirdi.

Konferensiya doirasida qator dolzarb  mavzularda munozaralar o‘tkazildi.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat...

Shu kunlarda Parlamentlararo Ittifoqning «Pandemiyani bugungi kunda yengib o‘tish va ertan...

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament...

31 may — 3 iyun kunlari Islomobod shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Parlament...

Senat raisi SPEKA iqtisodiy forumida maʼ...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Pand...

So`nggi yangiliklar