Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Iyun/2022   Parlament

Senati raisi BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni yana-da faollashtirish masalalarini muhokama qildi

 TOSHKENT, 9 iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, parlamentlararo hamkorlik, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yana-da faollashtirish hamda yana bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.  

Tanzila Norboyeva mehmonni samimiy qutlar ekan, uni yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Yaxshi qo‘shnichilik aloqalari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Muloqot chog‘ida 2021 yilning 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilgani ham qayd etildi. 

Amina Muhammad so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtalar ekan, ular xalqaro doirada  keng eʼtirof etilayotganini aytdi. Ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi sifatida faol ish olib borayotganini alohida qayd etdi. 

Tomonlar amalga oshirilgan ishlar bilan birga kelgusidagi rejalar haqida ham o‘zaro fikr almashdilar.  

Mavzuga oid

Fuqarolarni xorijda qonuniy ishga joylas...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Fuqarolarni xorijda uyushgan ho...

O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ...

Kecha mamlakatimiz poytaxtida «O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli» ...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri...

Islomobod shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchili...

So`nggi yangiliklar