Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/May/2022   Parlament

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 28-may kuni bo‘lib o‘tadi

 TOSHKENT, 21 may. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashi parlament yuqori palatasining yigirma oltinchi yalpi majlisini 28 may kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Senat Axborot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda qator masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, senatorlar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ham ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ham muhokama etiladi.

Shuningdek, yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham ko‘rib chiqish nazarda tutilgan.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil va 2022 yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ham eshitish rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi ...

Kecha Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Se...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni S...

Senat raisining birinchi o‘rinbosari va ...

Kecha Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va Buyuk Britaniya parla...

So`nggi yangiliklar