Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Seulda bo‘lib turgan vatandoshlar uchun bayram tadbiri uyushtirildi

SEUL, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan, shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini yurtdoshlarimizga yetkazish maqsadida Seul va uni atrofidagi shaharlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun bayrami tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda Janubiy Koreyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar, ishchilar, tadbirkor vatandoshlar qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, xususan, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, Bosh qomusga kiritish taklif etilayotgan moddalar mazmun-mohiyati va ularning yurtimiz kelajagi uchun qanchalik ahamiyat kasb etishi haqida so‘zlab berildi.

Shu bilan birga, vatandoshlarga Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati hamda joriy yil 20 iyun kuni davlatimiz rahbarining Komissiya aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirgan takliflari yuzasidan batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Yangilangan Konstitutsiyaning yagona manbasi va muallifi O‘zbekiston xalqi ekanligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda keyingi yillarda inson, uning huquqi va erkinliklari oliy qadriyat sifatida belgilanayotgani, Prezidentimiz rahbarligida huquqiy tizimni mustahkamlash orqali kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, bu esa, o‘z navbatida, konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishni taqozo etayotgani qayd etildi.

Konstitutsiya mustaqil O‘zbekistonning timsoli va iftixori bo‘lib, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning millati, dini, irqi va tilidan qatʼi nazar ishonchli himoyasi, fuqarolik jamiyati istiqbollarini belgilab beruvchi asos ekani taʼkidlandi.

Muloqot davomida vatandoshlarimiz Bosh qomusimizga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartishlarga befarq bo‘lmaslikka, mazkur muhim siyosiy jarayonda faol qatnashishga chaqirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyi...

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘...

O‘zbekiston Konstitutsiyasini isloh qili...

Isroilning “MIGnews” onlayn-nashrida «O‘zbekiston Prezidenti konstitutsiyaviy islohotlar u...

Singapurdagi vatandosh: Chet elda olgan ...

Singapurning “TMC Academy” universiteti talabasi Otajon Shokirov O‘zbekistonda amalga oshi...

So`nggi yangiliklar