Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2023   Ta'lim

Seulda Koreya universiteti prezidentining O‘zbekistonga safari dasturi muhokama qilindi

SEUL, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi  xodimlarining Koreya universiteti Ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tashkiloti direktori, professor Yeur Du Son bilan uchrashuvi bo‘lib  o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv davomida Koreya universiteti prezidenti Chun Djin Tek boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 6-10 fevral kunlari O‘zbekistonga uyushtiriladigan safari muhokama qilindi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat talabalari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Nukus shaharlarida «Orol dengizi atrof muhitini muhofaza qilish va tiklash» mavzusida xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish bilan izohlanadi.

Shuningdek, Janubiy Koreya delegatsiyasi safar doirasida ikki tomonlama rasmiy uchrashuvlar hamda respublikaning qator oliy taʼlim muassasalarida davra suhbatlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Elchixonada bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘rtasida bo‘lajak safarni samarali amalga oshirish maqsadida doimiy aloqalarni davom ettirishga hamda tegishli maʼlumotlarni almashishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Kanada innovatsion tibbiy...

O‘zbekistonning AQSH va Kanadadagi elchisi Javlon Vaxobov Ottava universiteti tibbiyot fak...

Qozon davlat madaniyat institutida tahsi...

Mamlakatimiz Bosh konsuli Fariddin Nasriyev Qozon davlat madaniyat instituti rahbariyati v...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Markaziy b...

O‘zbekiston Markaziy banki maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya Markaziy bankl...

So`nggi yangiliklar