Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Dolzarb

Seulda O‘zbekiston delegatsiyasi KUBA rahbariyati bilan mamlakatimizda Janubiy Koreya tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi


SЕUL, 23 iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bugun Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi (KUBA) raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Suhbat chog‘ida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda KUBA o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelgusi hamkorlik masalalari, jumladan, KUBA ko‘magida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ish ruxsatnomalari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston delegatsiyasi Kim Chang Keon hamrohligida Kvangju shahriga yo‘l oldi. Bu yerda ular Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mazkur shahardagi vakolatxonasi va Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishadi.
Tomonlar, shuningdek, Kvangju shahri meri Li Yong Sop bilan muzokaralar o‘tkazish bilan birga «Umid» nomli O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazining rasmiy ochilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid

Pokistondan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

Pokiston ekspert doiralari vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy...

Ukraina keng jamoatchiligi O‘zbekiston P...

Xususan, Ukraina musulmonlari ma’naviy boshqarmasi boshlig‘i, Ukraina muftiysi Shayx Ahmad...

Germaniyadan munosabat: Taʼlim va tadqiq...

Germaniyalik mutaxassis, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining maslahatchisi Kars...

So`nggi yangiliklar