Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni holidan xabar oldi


TOSHKЕNT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Hasan Normurodovni borib ko‘rdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari Matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.

Bu inson yurtimizdagi fidoyi nuroniylardan. Uzoq yillar xalq ta’limi tizimida ishlagan. Keyinchalik “Nuroniy” jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan. Hozirgi kunda Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

82 yashar Hasan Normurodov jonkuyar va samimiy inson sifatida viloyat aholisi o‘rtasida hurmat qozongan. 2019 yilda Prezidentimiz farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. 

Shavkat Mirziyoyev fidoyi mehnat faxriysiga mustahkam sog‘lik va bardamlik, uzoq umr tiladi.

Hasan Normurodov vaqt topib kelgani, yuksak e’tibor ko‘rsatib, qo‘llab-quvvatlagani uchun davlatimiz rahbariga tashakkur bildirdi.

Shu bilan Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekison Prezidentiga Qoraqalpog‘iston...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan in...

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy darajadagi...

Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat ...

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotib...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Matbuot kotibi Sherzod ...

So`nggi yangiliklar