Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Madaniyat

SHHT Xalq diplomatiyasi markazi maktab o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazdi


TOSHKENT, 5-may. /“Dunyo” AA/. Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganligining 20 yilligini nishonlash tadbirlari doirasida SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan «Bahorgi teng kunlik bayrami - dunyo xalqlarining maxsus kuni» mavzusida O‘zbekiston umumtaʼlim maktablarining 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazildi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

SHHT Xalq diplomatiyasi markazi axborot xizmatining xabar berishicha,  tanlovga taqdim etilgan materiallarda Navro‘z milliy bayrami, uning o‘ziga xos xususiyatlari va SHHTga aʼzo davlatlarda bu bayramning nishonlanishi yorqin tasvirlangan.

Tanlov yosh isteʼdodlarning namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratish, mustaqil va erkin fikrlashni qo‘llab-quvvatlash, respublika yoshlarining iqtidorli, isteʼdodli vakillarini aniqlash, yosh avlod vakillarining ijodiy salohiyatini kashf etish hamda ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida Xalq taʼlimi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, taniqli shoir va yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari  qatnashdi.

SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov tanlovning asosiy maqsadi isteʼdodli bolalarni ijodkorlikka daʼvat etish, ularning SHHT mamlakatlari tarixi, anʼanalari va qadriyatlariga qiziqishini orttirish ekanini taʼkidladi. Shuningdek, yoshlarda xalq diplomatiyasining mohiyatini anglash, yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, xorijiy mamlakatlar xalqlari o‘rtasida sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish masalalari haqida mulohaza yuritishga undash ham ko‘zda tutilgan.

Tanlov hakamlar hayʼatiga 200 dan ortiq insho taqdim etildi. Ular diqqat bilan ko‘rib chiqildi va eng saralari mukofotlarga taqdim etildi. Tanlovda Navoiy, Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, assosiy o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblarni tanlashda SHHT mamlakatlarining do‘stlik va oila, sanʼat, folklor, tabiat, milliy anʼana va qadriyatlariga bag‘ishlangan mavzularning o‘ziga xosligi, badiiy mahorati va oshkoraligi, shuningdek, atrofimizdagi dunyo va ona yurtimiz go‘zalligi, Vatanga muhabbat, Yer yuzidagi tinch va baxtli kelajak orzularini qamrab olgan mavzular hisobga olindi.

Mavzuga oid

Chuvash Respublikasida o‘zbek tili bayr...

Chuvash Respublikasi Xalqlar do‘stligi uyida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori os...

O‘zbekiston koreys madaniy markazlari uy...

Koronavirusga qarshi kurashish doirasida O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Janubiy Kore...

Navro‘z - qardosh xalqlarning umumiy qa...

Navro‘z - qardosh xalqlarning umumiy qadriyati

So`nggi yangiliklar