Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2021   Saylov - 2021

SHHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari: Biz saylov uchastkalaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojizlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib mamnun bo‘ldik


TOSHKЕNT, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi rahbari Erik Ashimov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Missiya Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshirmoqda.  Missiya tarkibidan 26 nafar kuzatuvchi o‘rin olgan.  

Markaziy saylov komissiyasi raisi 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga ko‘rilayotgan yuqori darajadagi tashkiliy ishlar haqida so‘zlab berdi.

Xususan, saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi haqidagi nazariy bilimi va amaliy tajribasini oshirish, saylov jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish, saylov qonunchiligini aholi orasida keng targ‘ib qilish, siyosiy tadbirlarda yoshlarning faolligini, xotin-qizlarning saylovlardagi rolini kuchaytirish, imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov huquqini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.  

Ta’kidlash joiz, missiya saylov jarayoni borishi haqida materiallarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va televizion dasturlar hamda bosma OAVda chiqayotgan saylovga oid materiallarni monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.  

Majlisda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqini ta’minlashning huquqiy-tashkiliy asoslari va samarali mexanizmlari to‘la shakllantirilgani qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi. «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonun joriy yilning 15 yanvaridan kuchga kirdi.  

Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi rahbari Erik Ashimov  uchrashuvdan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashdi:

 – Biz saylov uchastkalaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojizlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, pandemiya sharoitida kasallik tarqalishini oldini olish uchun qilinayotgan ishlarni ko‘rib juda mamnun bo‘ldik. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash bu nafaqat saylovchilar, balki inson haqida g‘amxo‘rlik qilinayotganini ko‘rsatadi. Imkoniyati cheklangan saylovchilarning, zaruratga qarab, yashash joyida ovoz berishi tashkil etilgan. Saylov kampaniyasiga oid teledasturlarda imo-ishora tili va subtitrlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilganini ko‘rib, O‘zbekistonda barcha fuqaro teng huquqqa egaligiga yana bir bor amin bo‘ldik.

Mavzuga oid

Ukrainalik xalqaro kuzatuvchi: Saylovga ...

Ertaga mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun To...

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida m...

O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 4–saylo...

Isroilda O‘zbekiston Respublikasi Prezid...

Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatning Netaniya, Xolon va Ramat-Gan sh...

So`nggi yangiliklar