19/Yanvar/2022 O'zbekistonning ShHTga raisligi
TOSHKENT, 19 yanvar. «Dunyo AA/. 18-19 yanvar kunlari mamlakatimiz poytaxtida O‘zbekiston tomoni raisligida SHHTga aʼzo davlatlarning o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va samarali iqtisodiy hamda transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha Hamkorlik strategiyasini muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Videokonferensiya aloqasi vositasida tashkil etilgan ushbu uchrashuv tashkilotga aʼzo davlatlar transport boshqarmalarining vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Mazkur hujjatni ishlab chiqish O‘zbekiston tomonidan SHHTning 2019 yilgi Bishkek sammitida boshlangan edi.
Tomonlar ushbu mavzuning SHHT kun tartibidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda loyiha ustida faol ishlashga kelishib oldilar.