Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   O'zbekistonning ShHTga raisligi

SHHTga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamda idoralari rahbarlari tegishli vakolatli idoralar o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish rejasini tasdiqladilar

TOSHKENT, 20 may. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo mamlakatlar jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamda idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda tomonlar SHHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida yuqori darajadagi sport musobaqalarini tashkil etish, sport sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlod vakillarini sport mashg‘ulotlariga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashildi.

  SHHT Bosh kotibi Chjan Min o‘z maʼruzasida ishtirokchilarni qutlar ekan, sport sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.

- SHHT doirasida sport sohasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish maqsadida ishimizda quyidagi uch jihatga eʼtibor qaratmog‘imiz lozim, - dedi SHHT Bosh kotibi. - Birinchidan, sportni siyosiylashtirishga qarshi turish. Sportni siyosiy vosita sifatida ishlatishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi turish va Olimpiya o‘yinlarida hamda boshqa sport tadbirlarida siyosiy betaraflikning Olimpiya tamoyiliga qatʼiy rioya qilish tarafdorimiz.

Ikkinchidan, diqqat markazida bo‘lish tamoyiliga amal qilish va namunali hamkorlik loyihalarini amalga oshirish. Yanada ko‘proq odamlarni qamrab olish uchun SHHT doirasida bolalar, nogironlar, qariyalar va boshqa aholi guruhlarining sport  bilan shug‘ullanishi uchun  zarur shart-sharoitlar yaratish zarur.

Uchinchidan, anʼanaviy va xalq sportini rivojlantirish. Bu SHHT mintaqasining turli madaniy va tarixiy merosini muhofaza qilishga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston sportni rivojlantirish vaziri Adhxam Ikromov o‘z maʼruzasida mamlakatimizda sportni rivojlantirish va aholi o‘rtasida ommaviy sportni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritdi.

-Bugungi kunga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab sport-texnika bazalari qayta ko‘rib chiqildi va qayta jihozlandi, rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, yangi sport inshootlari qurildi, yoshlarni sportga jalb etish uchun zarur sport infratuzilmasi yaratilmoqda. Hozirgi kunda suv sportini rivojlantirish uchun yangi saroy qurilmoqda. Umuman olganda, O‘zbekistonda 51,6 mingga yaqin sport inshootlari mavjud, - dedi O‘zbekiston sportni rivojlantirish  vaziri.

Uchrashuv doirasida SHHTga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun masʼul bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish rejasi tasdiqlandi.

Hujjat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Olimpiya, Olimpiya dasturiga kiritilmagan sport turlari va etnosportni ommalashtirish, sportchilar, murabbiylar va hakamlar malakasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida hamkorlikni nazarda tutadi. Bundan tashqari, hujjat 2024 yilgacha barcha tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov 2025 yil poytaxtimizda o‘tadigan IV yoshlar Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha maʼlumot berdi.

-2020 yil dekabr oyida O‘mon Sultonligining Maskat shahrida o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) Bosh Assambleyasida Toshkent 2025 yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarini qabul qilish huquqini qo‘lga kiritdi, - Oybek Qosimov. - Bu bo‘yicha OOKning maxsus komissiyasi Toshkentga tashrif buyurib, poytaxtimizning imkoniyatlarini tahlil qildi. Komissiya Toshkent musobaqani bemalol qabul qilishi mumkinligi haqida o‘z xulosalarini taqdim etganiga qaramay, muhtaram Prezidentimiz mazkur O‘yinlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun maxsus Olimpiya shaharchasi va yangi sport obyektlarini qurish bo‘yicha ko‘rsatma berdilar. Siz ko‘rib turgan kadrlar “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun barpo etiladigan yangi Olimpiya shaharchasining loyihasidan. 100 gektardan ziyod maydonni qamrab oladigan ushbu hududda maxsus Olimpiya shaharchasi va bir qator sport turlari uchun yangi obyektlar, mehmonlar uchun yotoqxona va boshqa binolarni uchratish mumkin. Ayni paytda loyihaning smeta hujjatlari tasdiqlanish jarayonida va 2024 yilning oxirigacha qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda Xitoy bilan birgalikda dor...

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Shanxay hamkorlik tashkilo...

Italiyadan munosabat: O‘zbekiston ShHT d...

Italiyaning “Askanews” onlayn-nashrida «O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi vazifa...

Toshkentda O‘zbekiston raisligida SHHTga...

Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida SHHTga aʼzo davlatlarning turizm maʼmuriyatlari ra...

So`nggi yangiliklar