Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyul/2021   Ekologiya

SHHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi


TOSHKЕNT, 30 iyul. /«Dunyo» AA/.  Kecha Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT)a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbir doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha SHHT davlatlari maxsus ishchi guruhini tashkil etish, SHHTga a’zo davlatlarning 2022-2024 yillar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash hamda kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi. 
O‘zbekiston ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Islombek Boqijonov yig‘ilishda so‘zga chiqib, SHHTga a’zo-davlatlar o‘rtasida ekologik monitoring, bioxilma-xillikni, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirish sohalarida hamda ilmiy-texnik hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish bugungi kun talabi ekanligini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida SHHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari ekspertlari va rahbarlarining keyingi yig‘ilishini 2022 yilning aprel oyida O‘zbekiston hududida o‘tkazishga kelishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning ekologik muammolarni hal...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Marsel shahrida o‘tkazilgan Tabiatn...

AQSHdan munosabat: Orolbo‘yi mintaqasini...

«Tabiiy ofat: Orol dengizi va uning barqaror rivojlanish saboqlari» kitobi muallifi Mark E...

Jahon meteorologiya tashkiloti: So‘nggi ...

So‘nggi yetti yil butun kuzatuvlar tarixida eng iliq davr bo‘ldi, dunyo okeani sathi yangi...

So`nggi yangiliklar