Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

ShHTga a’zo davlatlar mutaxassislari koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish choralari va yaqinda bo‘lib o‘tadigan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo uchun mas’ul vazirlar yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qil


TOShKENT, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. ShHTga a’zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlik va idoralari katta mansabdor shaxslar Komissiyasining (KMShK) navbatdagi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mas’ul rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasining ShHTga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini kamaytirish kelgusidagi hamkorlik doirasida birinchi navbatdagi vazifalardan biri sifatida belgilandi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ekspertlari boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan rivojlanishning ijobiy tendensiyalariga tezkor chiqishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishni muhokama qildi.

Ishtirokchilar inqiroziy hodisalarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar orasidan ShHTga a’zo davlatlarning iqtisodiy sohada birgalikda olib boradigan tahliliy faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, tashkilotning yuqori organlariga taqdim etilishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonlarini jadallashtirishni ta’kidladi.

Kun tartibidagi asosiy masala oktyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyat uchun mas’ul vazirlarining yig‘ilishiga (TIFVY) tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, KMShK a’zolarining e’tiborlari ShHTga a’zo davlatlarning yangilangan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik Dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining muhokamasiga qaratildi.

Qayd etilishicha, ShHT rahbariyati uzoq hududlar va qishloq joylarda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishi deb biladi. Bu ayniqsa koronavirus pandemiyasi oqibatida uzoq davom etgan iqtisodiy beqarorlik sharoitida muhim ahamiyatga ega. Ushbu hududlarning jadal rivojlanishi va fuqarolarning yuqori sifatli infratuzilma va iqtisodiy imtiyozlarga ega bo‘lishidagi farqni qisqartirish tashkilotning barcha a’zo davlatlari uchun o‘sish nuqtalariga aylanishi mumkin. Ishlab chiqilishida vazirlik ekspertlari faol ishtirok etayotgan tegishli tadbirlar rejasi aynan shunga qaratilgan.

Ma’lumot uchun: KMShK ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi qoidalarini amalga oshirish maqsadida ShHTga a’zo davlatlar tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlar Yig‘ilishi huzurida faoliyat ko‘rsatadi. Komissiya yig‘ilishlari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida yilida ikki bor o‘tkaziladi.

KMShK maxsus ishchi guruhlarining tranzit salohiyatini rivojlantirish, elektron tijorat, zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, bojxona hamkorligi hamda investitsiyaviy loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish borasidagi harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Tadbirlar rejasi loyihasi ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 2019 yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tasdiqlangan ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligining yangilangan Dasturini amalga oshirish maqsadida tayyorlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi rossi...

“Wildberries” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda O‘zbekistonda yirik onlayn savdo m...

Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida Qora...

Inchxon shahridagi Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes markazida mamlakatimiz elchixonasi to...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari rais...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligidagi hamda...

So`nggi yangiliklar