Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

ShHTga a’zo davlatlarning Sindao shahrida o‘tkazishi rejalashtirilgan xalqaro savdo-investitsiya yarmarkasi qoldirildi


TOSHKENT, 12 oktyabr. /«Dunyo» AA/. Ushbu yirik tadbir koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish zarurligi sababli bekor qilingan. Bu haqda yarmarka tashkiliy qo‘mitasi bayonot berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Profilaktika tadbirlari va pandemiyaga qarshi kurash zarurati bois ShHT-2020 Xalqaro savdo-investitsiya yarmarkasi boshqa muddatga ko‘chirildi», — deyiladi bayonotda.

Mazkur tadbir Xitoyning Sindao shahrida 16-18 oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan edi. ShHT-2020 Xalqaro savdo-investitsiya yarmarkasida Xitoy va xorijiy mamlakatlardan 600 dan ortiq kompaniya ishtiroki kutilayotgan edi.

Shandun provinsiyasining Sindao shahrida mahalliy aholi orasida Covid-19 bilan kasallangan 12 ta yangi holat qayd etilgan. Barcha holatlar chet eldan kelganlar orasidan aniqlangan. Bemorlar orasida koronavirus bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklarni davolash uchun shifoxonaga kelgan odamlar, shuningdek, tibbiyot xodimlari bor. Sindao hukumati shaharda koronavirusga chalinish holati aniqlangandan keyin dushanbadan boshlab 9 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi testdan o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Xitoy rasmiylari fuqarolarni Sindaoga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirmoqda.

Mavzuga oid

3-4 fevral kunlari Savdo va sanoat bo‘yi...

Joriy yilning 3-4 fevral kunlari videokonferensiya shaklida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbe...

O‘zbekiston elchisi ITB guruhi prezident...

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Jidda shahrida joylashgan...

O‘zbekiston elchisi Latviya Fanlar akade...

O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonov Latviya Fanlar akademiyasi (LFA) Iqtisodiyot institu...

So`nggi yangiliklar