Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Dolzarb

Shveysariyadan munosabat: O‘zbekiston tashabbuslari nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyoning boshqa mintaqalari uchun ham muhim


JENEVA, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/.  Shveysariyaning «Diva International» jurnali muharriri va noshir Marit Foss “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqida ko‘targan dolzarb ijtimoiy-siyosiy tashabbuslarning ahamiyatini  taʼkidladi.

- Men O‘zbekiston Prezidentining nutqini katta qiziqish bilan kuzatdim, - dedi Marit Foss. - Unda keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakat erishayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, O‘zbekistonning 2021-2023 yillarga BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi aʼzosi etib saylanishi eʼtiborli muvaffaqiyat bo‘ldi.

Mamlakatning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanishi va yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishda erishilgan yutuqlar, albatta, inson huquqlarini yana-da yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va matbuot erkinligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha  qarashlari, Toshkent tomonidan mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash yo‘nalishidagi amaliy saʼy-harakatlar, shuningdek, Markaziy Osiyoni rivojlangan hududga aylantirishga oid takliflarni eʼtirof etish kerak.

O‘zbekiston afg‘on xalqiga har tomonlam yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bu esa, mening nazarimda, juda zarur va o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan ko‘makdir. Nutqda afg‘on xalqi kelajagi uchun barcha davlatlar birgalikda harakat qilishi lozimligi haqli ravishda taʼkidlandi.

Mamlakat erishmoqchi bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlari, shuningdek, aholining iqtisodiy ahvolini yana-da yaxshilash va o‘rtacha daromadlardan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga qo‘shilish rejalari haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi ko‘plab yangi vazifalar bayon etildi. Bularning barchasi mamlakat aholisi farovonligini oshirish va O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilishiga ishonaman.

Bundan tashqari qayta tiklanadigan energiya ulushini 25 foizga oshirish niyati bildirildi. Eʼtiborlisi, ushbu ish BMT bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning tashabbuslari nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyoning boshqa mintaqalari va mamlakatlari uchun ham muhim ekaniga aminman. Mamlakatingiz xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar va samarali yetakchilik haqida o‘z qarashiga ega, ularning natijalari Jenevada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘ylaymanki, o‘zbek diplomatiyasi eʼlon qilingan tashabbuslar, xususan, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun faol ishlarni amalga oshiradi.

Mavzuga oid

Uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi k...

Vengriyadan munosabat: Davlatlarimiz rah...

Vengriyalik ekspertlar Bosh vazir Viktor Orbanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlari...

21-oktabr — Afg‘onistonda o‘zbek tili ku...

Afg‘onistonning Balx viloyati markazi — Mozori Sharif shahrida o‘zbek tili kuni bayrami mu...

So`nggi yangiliklar