Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Noyabr/2020   Iqtisodiyot

Singapur kompaniyasiga Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish taklifi bildirildi

FARG‘ONA, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. Viloyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytirish hamda xorijlik sarmoyadorlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash mavzusida Singapurning “Indorama” kompaniyasi bilan videomuloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri viloyat hokimligi manbasiga asoslanib.


Videomuloqotda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, “Indorama” kompaniyasi ijrochi direktori Prakash Kejrival, O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi vakillari, mamlakatimizdagi mazkur kompaniyaning mutasaddilari ishtirok etdi.  

Muloqot jarayonida Qo‘qon shahridagi «Indorama Kokand textile» MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasi faoliyatini yana-da kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Singapur kapitali ishtirokidagi «Qo‘qon superfosfat zavodi» AJ negizida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlarni yana-da jadallashtirish masalalari o‘rganildi.

Suhbat davomida viloyat hokimi yaqinda “Indorama” kompaniyasi yirik loyihalaridan bo‘lgan «Indorama Kokand Textile» qo‘shma korxonasi va «Qo‘qon superfosfat zavodi» aksiyadorlik jamiyati ish faoliyati bilan tanishgani bo‘yicha ham aytib o‘tdi. “Indorama Kokand Textile” qo‘shma korxonasida to‘qimachilik sohasini kengaytirish, mato ishlab chiqarishni boshlash, sochiq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Mavzuga oid

Mahalliy tadbirkorlar va eksportchilarga...

Mahalliy tadbirkorlar va eksportchilarga tizimli va shoshilinch yordam ko‘rsatish masalala...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘r...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligida joriy ...

Toshkentda xorijiy investorlar kengashin...

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining...

So`nggi yangiliklar