Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Singapur Prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi Eron OAV diqqat markazida

 TEHRON, 27-may. /“Dunyo” AA/. Singapur Prezidenti Halima Yaqubning 23-25 may kunlari  O‘zbekistonga  amalga oshirgan  davlat tashrifi  Eron ommaviy axborot  vositalari  diqqatida bo‘lib  turibdi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Jumladan, Eron mashhur “IRNA” va «Iran Press» axborot agentliklari veb-saytlarida «O‘zbekiston va Singapur Prezidentlari iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar» hamda «O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi» sarlavhali  maqolalar eʼlon  qilindi.

Nashrlarda taʼkidlanganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan  Toshkentga kelgan singapurlik hamkasbi Halima Yaqub bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

«Muzokaralarda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yana-da mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, jamoat xavfsizligi va madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha muloqotlarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar gumanitar loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qatʼiy intilishni bildirishdi», deya qayd etadi  manbalar.

Eron OAV maʼlum qilganidek, Singapur O‘zbekistonning eng yirik investorlaridan biri hisoblanadi. Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda kimyo va to‘qimachilik sanoati, transport va logistika, shaharsozlik, taʼlim xizmatlari, xususiylashtirish sohalarida 3,8 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston va Singapur yetakchilari xalqaro hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashib, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash darajasi yuqori ekanini qayd etdilar», deb yozadi  Eron axborot  agentliklari.

Mavzuga oid

Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasida o...

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Nara shahrida Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasidagi b...

Islohotlar Yangi O‘zbekiston hayotiga y...

Pekinda konstitutsiyaviy referendum yakunlari va O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishl...

Saudiya Arabistoni bilan taʼlim, tibbiyo...

Mamlakatimizning Jiddadagi Bosh konsulxonasida Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashining dep...

So`nggi yangiliklar