Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Singapurda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston kompaniyalari singapurlik sheriklari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumlarini imzoladi

 SINGAPUR, 25-iyun. /“Dunyo” AA/.  Singapurda «Speciality & Fine Food Asia» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda elchixonamiz ko‘magida mamlakatimizning «Shirin Asal Food», «Global Export Company» va «Agro Food Standart» MCHJ kompaniyalari vakillari Singapur kompaniyalari bilan anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Memorandumlarga muvofiq, tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Singapur va ASEAN davlatlari bozorlariga muayyan marketing ishlarini bajarganidan so‘ng eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Shu jumladan, “S.E.A. BUSINESS CENTRE PTE. LTD.” kompaniyasi rahbarlari Urs Shvars va Rudi Fang O‘zbekiston kompaniyalari mahsulotlarini Singapur va ASEAN bozorlariga eksport qilish maqsadida olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi. Ular ushbu jarayonni amalga oshirishda barcha imkoniyatlar mavjudligini taʼkidlagani barobarida bu ishlar samarali amalga oshirilishi uchun lozim bo‘lgan barcha yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida, “Global Export Company” MCHJ rahbari Davron Dadaxonov va Singapurning «Century Global» kompaniyasi rahbari Fransis Chua o‘rtasida Singapurga quritilgan mahsulotlar eksportini joriy yilda davom ettirish masalalari ham kelishib olindi.

Singapurning ixtisoslashgan yetakchi nashrlaridan bo‘lmish «Asian Journeys» jurnalining “Speciality & Fine Food Asia” ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan nashrida O‘zbekiston pavilyoni alohida qalamga olingan. Unda mamlakatimiz Singapur, Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya, AQSH kabi mamlakatlar qatorida eng sara va eng yaxshi mahsulotlarini namoyish etgani haqidagi xabarlar joy oldi.

Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash joiz, «Asian Journeys» jurnaliga 2009 yildan boshlab asos solingan bo‘lib, nashr sahifalarida Singapur turizm sohasi yangiliklari hamda soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari keng yoritib boriladi.  

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchixonasi: Xorazm viloyati...

Mamlakatimizning Bokudagi elchixonasi ko‘magida Ajariya Avtonom Respublikasi (Gruziya) qi...

Kuvaytga O‘zbekiston tibbiy niqoblarinin...

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy niqoblarning navbatdagi jo‘natmasi Kuvayt bozoriga...

Hindiston bilan savdo-investitsiya soha...

2020-yil 26-30-oktabr kunlari O‘zbekiston vaqti bilan soat 14:00 - 16:00 da “O‘zbekiston e...

So`nggi yangiliklar