24/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
SINGAPUR, 24 iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga Singapurda faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz, “Cargojet Pte. Ltd.” kompaniyasi moliyaviy menejeri Dilovar Qalandarov o‘z munosabatini bildirdi.
– Konstitutsiya – bizning Bosh qomusimiz hisoblanadi. Har bir qonun osti va qonun usti hujjatlari borki, albatta, Konstitutsiyaga tayanadi. Konstitutsiyaviy islohotlar referendum orqali amalga oshirilayotgani – har bir O‘zbekiston fuqarosining xohish-istaklari inobatga olinayotganidan dalolatdir.
Shu sababli, garchi biz Vatandan yiroqda bo‘lsakda, mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan har qanday ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatamiz va ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.