Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Slovakiyada bo‘lib turgan vatandoshlarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berdi


BRATISLAVA, 19-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan kecha Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida ushbu davlatda bo‘lib turgan fuqarolarimiz uchun O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu tadbirda O‘zbekistonning Slovakiyadagi Faxriy konsuli Lyudovit Chernak kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni O‘zbekiston Konstitutsiyasi, yangi qabul qilingan Saylov kodeksi, shuningdek, Slovakiyada joriy etilgan COVID-19 pandemiyasi talablari asosida tashkil etildi. 

Saylovda o‘z kelajagi va Vatanimiz ravnaqiga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarimiz faol ishtirok etib, o‘z tanlovini amalga oshirdi.

Bu, o‘z navbatida, fuqarolarimizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga befarq emasligi va ushbu jarayonlarga bevosita o‘z hissaini qo‘shishdan manfaatdor ekaniga yaqqol misoldir.

O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida tashkil etilgan saylov jarayonida saylovchilar huquqlarini ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berildi. 

Ta’kidlash joizki, muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan fuqarolarimizga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda ularning konstitutsion huquqini ta’minlash uchun xizmat qilmoqda.

Mavzuga oid

AQSHlik xalqaro kuzatuvchi: O‘zbekistond...

24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzutuvchi sifa...

Kustanay viloyatidagi vatandoshlarimiz O...

Mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi vakillari O‘zbekiston Prezidenti sayloviga mu...

Britaniyalik kuzatuvchi: O‘zbekistonda s...

O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun yurtimizga kelgan xalqaro kuzatuvchilar sa...

So`nggi yangiliklar